Qanday buyurtma beriladi?
Dori-darmonlarni yuborish hududiga qarab jarayonlar biroz farq qiladi. O'zingizga kerakli yo'nalishni tanlang:
Dorini toping
Qidiruv yoki katalog orqali dori vositasini toping va 'Xarid qilish' tugmasini bosing.
Bizga yozing
Telegram yoki WhatsApp orqali bog'laning (xabar avtomatik tayyorlanadi). Manzilingizni ayting.
Qabul qilib oling
Biz dorini qadoqlab darhol yo'lga chiqaramiz. To'lovni posilkani olganda qilasiz!
Pochta xizmatlari
Barcha viloyat markazlari va tumanlarga ishonchli BTS Pochta xizmati orqali (1-2 ish kuni ichida) jo'natiladi.
Bojxona talablari (Muhim!)
Dorilarni chet elga yuborishda bizdan nimalar talab qilinadi?
- Ikki muhrli retsept: Hatto retseptsiz dorilar uchun ham shifokor retsepti (dumaloq va uchburchak pechatli) zarur. Biz faqat retseptda ko'rsatilgan miqdorni yubora olamiz.
- Qabul qiluvchi ma'lumotlari: F.I.O, telefon raqam va posilkani qabul qilib oluvchi pochta punkti manzili.
- Harorat rejimi: +4°C yoki -20°C kabi maxsus harorat talab qiladigan dorilarni pochta orqali yuborish taqiqlanadi!
Jarayon qanday ishlaydi?
Aloqa
Telegram yoki WhatsApp orqali kerakli doriga ariza qoldirasiz.
Hujjatlar
Retsept rasmini va pochta punkti manzilini yuborasiz.
To'lov (Dori)
Dori narxini ilovalar (masalan: Sberbank-O'zbekiston) orqali to'laysiz.
Jo'natish
Pochtaga topshirib sizga Kvitansiya va Treking raqam beramiz.
Qabul & Pochta To'lovi
Pochta punktidan olasiz va o'sha yerda yo'lkira narxini to'laysiz.
Rossiya va Qozog'iston
Ushbu davlatlarga dori vositalari asosan CDEK kuryerlik xizmati orqali yuboriladi.
Xarajat: Dori narxi + ~50 000 UZS (bizning pochtagacha yetkazish xizmatimiz) + CDEK xizmat haqi (posilka qabul qilinayotganda to'lanadi).
Boshqa davlatlar
Boshqa MDH davlatlariga (yoki CDEK ofisi yo'q joylarga) yuborish EMS Uzbekistan (Xalqaro tezkor pochta) orqali amalga oshiriladi.
Aniq muddatlar va narxlar bo'yicha menejerlarimiz orqali individual ma'lumot olishingiz mumkin.